📍2025-yil 16-avgust , Moskva viloyatida ot sportining eng nufuzli

📍2025-yil 16-avgust , Moskva viloyatida ot sportining eng nufuzli yo‘nalishlaridan biri — to‘siqlardan sakrash (konkur) bo‘yicha Yevrosiyo ligasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada Osiyo
mamlakatlarining yetakchi chavandozlari ishtirok etgan bo‘lib, unda O‘zbekiston terma jamoasi ham faol qatnashdi va bir qator yo‘nalishlarda yuksak natijalarga erishdi.
🏅Individual natijalar:
🔸 115 sm toifasida
🥉Gaziev Bahromjon, La Blue Rouge otida ishtirok etib, mukammal chiqish orqali bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu natija O‘zbekiston chavandozlari orasida o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillari salohiyatini namoyish etdi.
🔸 Gran-pri yo‘nalishi — Balandlik kubogi (150 sm)
🥇🏆Kurbanov Bekzod, Matss V.G. otida ishtirok etib, barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medal va Grand Prix g‘olibi unvoniga sazovor bo‘ldi. Musoboqa davomida yuqori texnika, tezlik va aniqlikni namoyish qildi.
🤝Jamoaviy bahslar natijasi (150 sm, final):
🥈O‘zbekiston terma jamoasi final bosqichida ikkinchi o‘rinni egallab, umumjamoa hisobida katta muvaffaqiyatga erishdi.
Jamoa tarkibi:
Kurbanov Bekzod
Matss V.G.
🐎
Sharipov Akbar
Affir
🐎
Sobirjonov Oqil
Radeberger
🐎
Alimjonov Xurshidbek
Champions League
🐎
Jamoaviy bahslarda sportchilarimiz yuqori jamoaviy uyg‘unlik, intizom va yuksak mahoratni namoyon etdilar. Ayniqsa, Kurbanov Bekzodning individual va jamoaviy chiqishlari terma jamoa ochkolariga muhim hissa bo‘ldi.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Live #XalqaroMusobaqa #SportMaktabi #Otsporti #SportYangiliklari #OtSporti #dunyoxabaralari #sportyangliklari ⭐️🔇