📍Toshkent shahar, Universal Horses Stable otxonasi📅2025-yil 23-August hamda 28-avgust

📍Toshkent shahar, Universal Horses Stable otxonasi
📅2025-yil 23-August hamda 28-avgust
TOSHKENT SHAHAR KUBOGI BO‘LIB O‘TADI
2025-yil 28-August kuni Toshkent shahar Universal Horses Stable otxonasida ot sportining muhim voqealaridan biri — Toshkent shahar ochiq kubogi bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqa doirasida turli yosh va darajadagi chavandozlar o‘z mahoratlarini namoyish etadilar.
Musobaqa barcha havaskor va professional chavandozlar uchun ochiq hisoblanadi. Bu sport musoboqasi nafaqat sportchilar, balki ot sporti ishqibozlari uchun ham katta qiziqish uygotishi kutilmoqda.

Musobaqa toifalari quyidagicha:
120
✔️cm – Ochiq toifa (kattalar 16 yoshdan)
110
✔️cm – Ochiq toifa
100
✔️sm – Yosh bolalar toifasi(12-14)
90
✔️cm – Havaskor chavandozlar
90
✔️cm – Boshlang‘ich otlar uchun
Mazkur musobaqa ot sportining ommalashuviga xizmat qiladi hamda sportchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratadi. Chavandozlardan yuqori darajada tayyorgarlik ko’rishlari, musobaqa tartib-qoidalariga qat’iy amal qilishlari, va sport etikasi talablariga rioya qilishlari so’raladi.
Musobaqaning aniq boshlanish vaqti va boshqa tashkiliy tafsilotlar musobaqa sanasiga yaqin kunlarda alohida e’lon qilinadi.🗓️

Tashkilotchilar barcha ishtirokchilarga omad tilaydi va yuqori natijalarni kutib qoladi!
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#SportYutuqlari #OtSportiFederatsiyasi #SportYangiliklari #Otsporti #SportMaktabi 📦📦