2025-yil 14-avgust
Moskva, Rossiya🗓️
Yurtdoshimiz Shuhrat Mustaramov “Kankurnyy Bom” xalqaro ot sporti musobaqasida faxrli o‘rinni egalladi
2025-yil 14-avgust kuni Rossiyaning Moskva viloyatida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Kankurnyy Bom” nomli xalqaro ot sporti musobaqasida o‘zbekistonlik chavandoz Shuhrat Mustaramov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqada sportchimiz “Egoistka” laqabli oti bilan KSK Vivant klubida qatnashib, 95 sm dan 1 metr gacha bo‘lgan to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida o‘z mahoratini namoyon etdi. Kuchli raqobatga boy kechgan bellashuvda Shuhrat Mustaramov faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yutuq sportchining shaxsiy tayyorgarligi va professional mahoratining amaliy ifodasi bo‘lishi bilan birga, mamlakatimizda ot sportining izchil rivojlanayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Shuhrat Mustaramovning bu galgi g‘alabasi xalqaro maydonlarda o‘zbekistonlik chavandozlar muvaffaqiyatli ishtirok etayotganining yaqqol dalilidir.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#TeamUzbekistan #SportYutuqlari #SportMaktabi #Otsporti #sportxabarlari #dunyoxabarlari ⭐️

