13 sentyabr 2025 yil, Moskva viloyati, Rossiya 🏆🏆🏆
“Biznes na kone” ot sporti musobaqasida O‘zbekiston vakillari kumush medal sohiblari bo‘ldilar
2025 yil 13 sentyabr kuni Moskva viloyatida o‘tkazilgan “Biznes na kone” nomli nufuzli ot sporti musobaqasida O‘zbekiston sportchilari ajoyib natijaga erishdilar. To‘siklardan sakrash yo‘nalishida ishtirok etgan Xurshidbek Alimjonov va Erkinov Alisher 6 ta to‘sikdan iborat bosqichda 170 sm balandlikni muvaffaqiyatli bosib o‘tib, kumush medalga sazovor bo‘ldilar.
Musobaqada qatnashgan ko‘plab tajribali sportchilar orasida O‘zbekiston vakillari o‘zlarining yuqori malakasi va qat’iyatlari bilan ajralib turdilar. Ularning bu yutuqlari nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki mamlakatimiz ot sporti sohasining rivojlanishiga katta hissa bo‘ldi.
“Biznes na kone” musobaqasi sportchilarga o‘z mahoratini xalqaro maydonda sinovdan o‘tkazish imkonini beradi va jahon miqyosidagi kuchli raqobatbardoshlar bilan bellashish uchun noyob platforma hisoblanadi. Xurshidbek Alimjanov va Erkinov Alisherning ushbu muvaffaqiyati kelajakda yanada yuksak natijalarga erishish uchun katta rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston jamoasi barcha sportchilarni qalbdan tabriklaydi va kelgusida yanada ko‘proq g‘alabalar tilaydi. Bu yutuq sportimizni yanada rivojlantirish va xalqaro maydonda O‘zbekiston nomini yanada keng tarqatishga xizmat qiladi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#ShowJumping2025 #Chavandozlar #UzSport #TeamUzbekistan #SportMaktab #OliyMahorat #Otsporti #xabarlar 🎉
