2025 yilning 21 sentabr kuni O‘zbekiston Yilqichilik va Ot Sporti Federatsiyasining 32-yillik tashkil topganligi munosabati bilan “Universal Horses Stable” ot sporti klubida bayram tadbirlari hamda “O‘zbekiston Global Tour-2025” musobaqalarining 5-bosqichi o‘tkazildi.✔️
Tadbir so‘ngida musobaqa g‘olib va sovrindorlari medal, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Veteran sportchilar nomidan R.Sagdullaev so‘zga chiqib, federatsiya raisi B.Gazievni ot sportini rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan samarali ishlari va yosh chavandozlarga yaratilayotgan qulay sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, federatsiya raisi B.Gaziev “Federatsiya kuni” munosabati bilan barcha ishtirokchilarni muborakbod etdi, ot sportining rivojiga katta hissa qo‘shgan veteran sportchi va mutaxassislarni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi hamda 2025 yil xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishi rejalashtirilgan chavandozlarimizga omad tiladi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#xabarlar #Otsporti #Uzbekistan #OliyMahorat #OtSportiFederatsiyasi 🎉🪧
