📅4-oktabr 2025-yil
📍Tallinn, Estoniya
Abdullaev Abdurahmon Tallinn shahrida bo‘lib o‘tgan ot sporti musobaqasida faxrli 3-o‘rinni egalladi
2025-yil 4-oktabr kuni Estoniyaning Tallinn shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada bir qator yirik sportchilar bilan birga, O‘zbekiston terma jamoasi vakili Abdullaev Abdurahmon ham ishtirok etdi.
Abdurahmon 145 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida muvaffaqiyatli ishtirok etib, kuchli raqobatga qaramay faxrli 3-o‘rinni egalladi. Bu natija orqali u nafaqat o‘zining sport mahoratini namoyish etdi, balki O‘zbekiston sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qildi.
Mazkur musobaqa natijalari asosida Abdullaev Abdurahmon TOP-3 sportchilar qatoridan joy oldi, bu esa O‘zbekiston ot sporti rivojlanish yo‘lida muhim ютуқ ҳисобланади.
O‘zbekiston Ot sport federatsiyasi sportchimizni ushbu yuqori natija bilan tabriklaydi va kelgusidagi musobaqalarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#UzSport #OtSporti #Chavandozlar #TeamUzbekistan #ShowJumping2025 🏆
