2025-yil 2–5-oktyabr kunlari Tanlin shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro ot sporti musobaqasi haqida ✔️
2025-yil 2-dan 5-oktyabrgacha Estoniyaning Tanlin shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (show jumping) yo‘nalishi bo‘yicha yirik xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi.
Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadi. Yurtimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qiladi:
Abdurahmon Abdullayev — Go for it B otida
Feruz Abdullayev — Chicarito Conlouba otida
Mazkur xalqaro musobaqa sportchilarimiz uchun katta tajriba maktabi bo‘lib, ular o‘z mahoratlarini xalqaro maydonda namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Musobaqa doirasida ishtirokchilarga barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, tashkilotchilar tomonidan xalqaro talab va me’yorlarga to‘liq rioya qilinadi.
Sportchilarimizga ushbu mas’uliyatli bellashuvda ulkan zafar va omad tilaymiz!
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#OliyMahorat #ShowJumping #OtSportiFederatsiyasi #UzEquestrian #SportYangiliklari #XalqaroMusobaqa #TeamUzbekistan 🎉🏆
