O‘zbekiston chovken terma jamoasi Sheki shaxrida xalqaro musobaqada guruh

O‘zbekiston chovken terma jamoasi Sheki shaxrida xalqaro musobaqada guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunladi
Sheki, Ozarbayjon — 2025-yil 30-sentabr
2025-yilning 25-sentabr kuni O‘zbekiston Chovken terma jamoasi Ozarbayjonning Sheki shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro Chovken musobaqasida ishtirok etish uchun yetib bordi. 27-sentabr kuni musobaqaning rasmiy qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “B” guruhidan o‘rin olib, Qozog‘iston va Turkiya terma jamoalari bilan bir guruhga tushdi.
Guruh bosqichidagi bellashuvlar:
🔹 28-sentabr kuni jamoamiz guruhdagi ilk o‘yinini Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Juda murosasiz va shiddatli o‘tgan uchrashuvda Berdiyor Aydarov tomonidan urilgan yagona gol jamoamizga muhim g‘alabani taqdim etdi. Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.
🔹 30-sentabr kuni guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida O‘zbekiston chovkenchilar Turkiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Yigitlarimiz yuksak mahorat va jamoaviy o‘yin ko‘rsatib, 4:0 hisobida yirik g‘alabaga erishishdi. Mazkur o‘yinda Firdavs Asralov het-trik (3 ta gol), Asqad Botiraliyev esa 1 ta gol muallifi bo‘ldi.
Natijada O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichini 1-o‘rin bilan yakunlab, yarim final bosqichiga yo‘l oldi. Katta ehtimol bilan, yarim finalda jamoamiz Bahrayn yoki qo‘shni Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Terma jamoamizga musobaqaning keyingi bosqichlarida omad tilaymiz!
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
🏆🎉
#UzEquestrian #YoshIqtidorlar #Chavandozlar #ShowJumping2025 🥇