O‘zbekistonlik sportchi Abdullayev Abdurahmon xalqaro ot sporti musobaqasida oltin

O‘zbekistonlik sportchi Abdullayev Abdurahmon xalqaro ot sporti musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdi
📍Tanlinn, Estoniya
📅2025-yil 3-oktyabr
2025-yil 3-oktyabr kuni Estoniyaning Tanlinn shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro ot sporti musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Abdullayev Abdurahmon yuksak natijalarga erishdi. To‘siqlardan sakrash yo‘nalishida ishtirok etgan yurtdoshimiz 130 sm balandlikdagi to‘siqlardan muvaffaqiyatli sakrab, barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi va oltin medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Abdullayev Abdurahmon 140 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida ham yuqori natija qayd etib, ikkinchi o‘rinni egalladi va musobaqaning kumush medal sovrindoriga aylandi.
Musobaqa yakunida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i faxr bilan baland ko‘tarildi, davlat madhiyamiz jarang sochdi. Bu yutuq mamlakatimizda ot sportini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan tizimli islohotlar, sportchilarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va puxta tayyorgarlik ishlari samarasi ekanligini yana bir bor isbotladi.
🔔
O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi nomidan Abdullayev Abdurahmonni ushbu yuksak g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz va unga kelgusi xalqaro musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#TeamUzbekistan #XalqaroMusobaqa #SportYangiliklari #ShowJumping #Chavandozlar #OtSporti #UzSport