🇺🇿 O‘zbekiston chavandozlari III Osiyo o‘smirlar o‘yinlarida ishtirok etadi✨2025-yil

🇺🇿 O‘zbekiston chavandozlari III Osiyo o‘smirlar o‘yinlarida ishtirok etadi
2025-yil 22–27-oktabr kunlari Bahraynning Manama shahrida bo‘lib o‘tadigan III Osiyo o‘smirlar o‘yinlarida O‘zbekistonning ot sporti bo‘yicha yosh chavandozlar terma jamoasi ishtirok etadi.
Musobaqa doirasida 22-oktabr kuni otlarning rasmiy ko‘rigi — vyvodka amalga oshiriladi. Bellashuvlarga esa 23-oktabr sanasidan boshlab rasmiy tarzda start beriladi.
🏆
Ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan terma jamoamiz a’zolariga musobaqada ulkan omad, muvaffaqiyat va yorqin natijalar tilaymiz!
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#UzSport #OtSporti #SportYangiliklari #equestrianrules #uznews #showjumpingnews