🏇 O‘zbekiston Terma Jamoasi – III Osiyo O‘smirlar O‘yinlariga yo‘l oldi! 🇺🇿
📅 Musobaqa sanasi: 2025-yil 22–27-oktabr
📍Manzil: Manama shahri, Bahrayn
🎯Sport turi: Ot sporti – To‘siqlardan sakrash (Show Jumping)
👥Toifa: O‘smirlar (14–17 yosh)
Joriy yilning 21–31-oktabr kunlari Bahraynning Manama shahrida bo‘lib o‘tadigan III Osiyo O‘smirlar O‘yinlari doirasida, O‘zbekiston ot sporti terma jamoasi vakillari to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida ishtirok etish uchun safarga jo‘nab ketishdi.
🏆Osiyo O‘smirlar O‘yinlari (Asian Youth Games) – bu Osiyo qit’asidagi eng yirik va nufuzli yoshlar sport musobaqalaridan biri bo‘lib, unda 14–17 yoshli iqtidorli sportchilar ishtirok etadi. 2025-yilda ushbu nufuzli musobaqa Bahrayn poytaxti Manamada o‘tkaziladi.
🔹 To‘siqlardan sakrash — ot sportining eng murakkab va jozibali yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, sportchilar belgilangan to‘siqlarni ot ustida imkon qadar tez va xatosiz tarzda bosib o‘tishga harakat qilishadi.
🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
👤 Davronbekov Firdavsbek
👤 Boburjon Valijonov
👤 Sharipov Akbar
👤 Shokirov Dilshod
💪Ushbu iqtidorli sportchilarimizga katta ishonch bildiramiz va ularga III Osiyo O‘smirlar O‘yinlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
🇺🇿 Oldinga, O‘zbekiston!
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Cavallo #showjumpersofinstagram #Uzbekistan #onlayn_talim #XalqaroMusobaqa #Chavandozlar #OtSporti #OliyMahorat #UzSport ✨

