📅2025 yil 13 oktyabr kuni O‘zbekiston Yilqichilik va Ot

📅2025 yil 13 oktyabr kuni O‘zbekiston Yilqichilik va Ot Sporti Federatsiyasi tomonidan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda butun mamlakat bo‘ylab otlarni yagona elektron ro‘yxatga olish tizimi — QR-kodli onlayn pasport tizimini joriy etish masalasi muhokama qilindi.
🔗Ushbu yangi tizim orqali otlar onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularning harakati, tibbiy holati va egasi haqidagi ma’lumotlar markazlashtirilgan elektron bazada saqlanadi. Bu orqali sohada shaffoflik va nazoratning yangi bosqichiga o‘tilishi ko‘zda tutilgan.
🐎Yig‘ilishda Ot sporti federatsiyasi raisi Gaziev B., shuningdek:
Milliy gvardiya,
Ichki ishlar vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati,
Chegara qo‘shinlari,
va xususiy ot sport klublari vakillari ishtirok etishdi.
🎯Tadbir doirasida sport otlarining pasport tizimini takomillashtirish, ularni hisobga olish va xavfsizligini ta’minlash, ot sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha qator taklif va qarorlar qabul qilindi.
🇺🇿 Ushbu tizim joriy etilishi orqali O‘zbekistonda ot sporti va yilqichilik sohasida yangi bosqich boshlanishi kutilmoqda.

📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Otsporti #XalqaroMusobaqa #ShowJumping2025 #TeamUzbekistan #onlayn_talim #Uzbekistan #Cavallo #showjumpersofinstagram 🏆