🇦🇪🏇 O‘zbekiston chavandozlari Dubaydagi xalqaro musobaqada munosib natija ko‘rsatmoqda! 🇺🇿
2025 yil 6–9 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha CSI2* darajadagi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning eng kuchli chavandozlari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etmoqda.
🇺🇿 Terma jamoamiz a’zosi Bekzod Kurbanov dastlabki ikki kunlik chiqishlarda barqaror natija ko‘rsatib, har ikki kuni ham TOP-10 likka kirishga muvaffaq bo‘ldi 5-o‘rinni egalladi.
Bu musobaqada Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarining tajribali sportchilari qatnashayotganini inobatga olganda, 5-o‘rin — bu juda yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 🔝
Bekzod Kurbanov o‘z chiqishlarida ot sportida yurtimiz maktabining yuksak saviyasini namoyish etdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sportchimizning texnikasi, ot bilan uyg‘unligi va barqaror chiqishlari O‘zbekiston ot sportining xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini ko‘rsatmoqda. 🏇🇺🇿
Musobaqada yana bir kunlik bahslar oldinda turibdi.
Yurtimiz vakillaridan yangi yutuqlar va yuqori natijalar kutib qolamiz! 💪
O‘zbekiston terma jamoasiga omad!
🇺🇿🇦🇪
#UzbekistanEquestrian #CSI2Dubai #ShowJumping #TeamUzbekistan #HorseSport #Dubay2025
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
🇦🇪🏇 Узбекистанские всадники на высоте в Дубае! 🇺🇿
С 6 по 9 ноября 2025 года в Дубае проходят международные соревнования CSI2* по конкуру.
Наш спортсмен Бекзод Курбанов уверенно выступает среди сильнейших — два дня подряд он входит в TOП-10 и занимает 5-е место! 🔝🔥
Это блестящий результат, учитывая уровень участников из Европы, Азии и Ближнего Востока.
Бекзод демонстрирует высший класс, отличную технику и гармонию со своим конём. 🐎💪
Впереди финальный день — верим в новые победы нашей сборной! 🇺🇿✨
#UzbekistanEquestrian #CSI2Dubai #ShowJumping #TeamUzbekistan #HorseSport #Dubai2025 #ProudOfUzbekistan

