2025 yil 15–16 noyabr kunlari uch kurash yo‘nalishi bo‘yicha

2025 yil 15–16 noyabr kunlari uch kurash yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan FIE World Challenge 2025 xalqaro musobaqasi yuqori darajada tashkil etildi. Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan sportchilar bilan bir qatorda xalqaro toifali hakamlar ham ishtirok etdilar.
Musobaqa dasturiga muvofiq, 15 noyabr kuni otlarni ko‘rikdan o‘tkazish marosimi amalga oshirildi. Barcha jamoalar tomonidan olib kelingan otlar veterinariya va texnik talablarga asosan tekshiruvdan o‘tkazildi.
16 noyabr kuni esa asosiy bellashuvlar – musobaqa dasturi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston 🇺🇿 terma jamoasi sportchilari musobaqada faol ishtirok etib, o‘z mahoratlari, jismoniy tayyorgarligi va iroda kuchini namoyish etdilar hamda yaxshi natijalarni qayd etishga muvaffaq bo‘ldilar.
O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan musobaqada ishtirok etgan sportchilar, murabbiylar, hakamlar hamda turnirni samarali tashkil etgan barcha hamkorlarga minnatdorchilik bildiriladi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#OtSporti #UzEquestrian #ProudlyUzbekistan #TeamUzbekistan