Oliy toifali veterinariya shifokor
Michael Rozhek “World Jumping Challenge2025 ” musobaqasi uchun tashrif buyurdi
Bugun oliy toifali veterinariya shifokori Michael Rozhek xalqaro “World Challenge 2025” musobaqasi doirasida rasmiy tashrif bilan keldi. Tashrif davomida u musobaqada ishtirok etayotgan barcha otlarni ko‘rikdan o‘tkazdi hamda ularning sog‘ligi va jismoniy holatini baholadi.
Michael Rozhek veterinariya talablariga to‘liq rioya etilishi, musobaqa davomida hayvonlar sog‘lig‘ining muhofazasi va xavfsizlik choralarining ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, u mahalliy veterinarlarga xalqaro tajriba asosida maslahatlar berdi va zamonaviy tekshiruv usullarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarini ulashdi.
Tashrif yakunida Michael Rozhek “World Jumping Challenge 2025” musobaqasining yuqori darajada tashkil etilganini ta’kidlab, kelgusida ham xalqaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.

