Sergey Buykeyvich – FEI Jumping Challenge2025 (2-bosqich) musobaqasi uchun

Sergey Buykeyvich – FEI Jumping Challenge2025 (2-bosqich) musobaqasi uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurdi
2025-yil 13–14 noyabr kunlari Oʻzbekistonda FEI Jumping World Challenge – 2-bosqichi boʻlib oʻtadi. Ushbu xalqaro ot sporti musobaqasi FEI (Xalqaro ot sporti federatsiyasi) nazorati ostida tashkil etiladi.
Musobaqada Sergey Buykeyvich FEI Ground Jury (Grand Jury) raisi sifatida faoliyat yuritadi.
FEI Jumping Challenge loyihasi dunyoning barcha ot sporti rivojlanayotgan mamlakatlariga xalqaro standartlar asosida bellashish imkoniyatini yaratishni maqsad qiladi.
Shuningdek, 2025-yil 15 noyabr kuni Sergey Buykeyvich uch kurash yoʻnalishi boʻyicha ham Grand Jury sifatida ishtirok etadi.