🇺🇿 O‘zbekiston ot sportida yangi yutuq!Bekzod Kurbanov – Texasdagi

🇺🇿 O‘zbekiston ot sportida yangi yutuq!
Bekzod Kurbanov – Texasdagi Jahon kubogi finalida! 🏆
2026-yil 8–12 aprel kunlari AQShning Texas shtatida konkurlar (to‘siqlardan sakrash) bo‘yicha Jahon kubogi finali bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini tajribali va iqtidorli chavandoz Bekzod Kurbanov himoya qiladi.
Bekzod Kurbanov joriy mavsumda Markaziy Osiyo past ligasi g‘olibi sifatida final bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. U ilgari ham bir qator xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat qozonib, O‘zbekiston chavandozlik maktabining yuqori saviyasini dunyoga namoyon etgan.
Texasdagi Jahon kubogi finalidagi ishtirok — bu nafaqat Bekzod Kurbanovning shaxsiy yutug‘i, balki O‘zbekiston sporti va yiliqchilik tarixida yangi sahifadir. Ushbu muvaffaqiyat yurtimiz chavandozlik maktabining xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada mustahkamlaydi.
O‘zbekiston Yiliqchilik va Ot sporti Federatsiyasi Bekzod Kurbanovga final bosqichida ulkan omad tilaydi!
Uning yutuqlari yurtimiz sportining nufuzini yuksaltiradi va yosh chavandozlar uchun yorqin ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Sport #Equestrian #UzbekistanEquestrian #Olympics2028 #XalqaroMusobaqa