2025-yil 25–30 noyabr kunlari Afrika qit’asining Senegal davlati, Dakar

2025-yil 25–30 noyabr kunlari Afrika qit’asining Senegal davlati, Dakar shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha yirik xalqaro musobaqa — FEI Jumping World Challenge Final 2025 jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Ushbu nufuzli musobaqa Fédération Équestre Internationale (FEI) tomonidan tashkil etilib, dunyoning eng kuchli chavandozlarini bir maydonga jamlaydi.
O‘zbekiston terma jamoasi nomidan mazkur chempionatda yurtimizning iqtidorli chavandozi
Sharipov Akbar ishtirok etadi.
Sharipov Akbarning jahon finalidagi qatnashuvi O‘zbekiston ot sportining xalqaro maydondagi faolligi va raqobatbardoshligini yana bir bor namoyish etadi. Musobaqa davomida sportchimizning yuqori natijalar qayd etishi va mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Ot Sporti Federatsiyasi barcha sport ixlosmandlarini chempionat yangiliklarini kuzatib borishga chaqiradi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#uznews #uzxabarlar #parad #ShowJumping #Omad #HorseSport #Jumping 📬🎉