Bekzod Kurbanov xalqaro musobaqada bronza medaliga sazovor bo‘ldiFujayra, BAA

Bekzod Kurbanov xalqaro musobaqada bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Fujayra, BAA – 22 noyabr 2025 yil – 2025 yil 20-23 noyabr kunlari BAAning Fujayra shahrida bo‘lib o‘tgan 145 sm CSI3* turi bo‘yicha ot sportining to‘siqlardan sakrash xalqaro musobaqasida O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.
Shu musobaqada sportchimiz Bekzod Kurbanov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu yutuq uning kelajakdagi Olimpiadaga ishtirok etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi Bekzod Kurbanovni ushbu buyuk muvaffaqiyat bilan chin dildan tabriklaydi va unga kelgusida yanada katta yutuqlar tilaydi.
Olimpiadaga yana bir qadam!
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#ShowJumping #UzEquestrian #Olimpiya2028 #XalqaroMusobaqa #UzbekistanEquestrian