FEI Jumping World Challenge Final 2025
2025-yil 25–30 noyabr kunlari Afrika qit’asining Senegal davlati, Dakar shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha yirik xalqaro musobaqa — FEI Jumping World Challenge Final 2025 jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.🌏
Mazkur nufuzli musobaqa Fédération Équestre Internationale (FEI) tomonidan tashkil etilib, unda dunyoning eng kuchli chavandozlari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi sharafini ushbu chempionatda yurtimizning iqtidorli chavandozi Sharipov Akbar himoya qilmoqda.
Bugungi kunga kelib, Sharipov Akbar musobaqada yuqori mahorat va barqaror natijalar namoyish etib, kuchli beshlikka kirishga muvaffaq bo‘ldi hamda 4-o‘rinni egalladi. Bu natija O‘zbekiston ot sportining xalqaro maydondagi o‘sib borayotgan raqobatbardoshligi va salohiyatidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Ot Sporti Federatsiyasi sportchimizni ushbu yutuq bilan tabriklaydi hamda barcha sport ixlosmandlarini jahon chempionati yangiliklarini kuzatib borishga chorlaydi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#uznews #uzxabarlar #parad #ShowJumping #Omad #HorseSport #Jumping🎉☄️

