O’zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasida 2025-yil yakunlari sarhisobi

O’zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasida 2025-yil yakunlari sarhisobi o‘tkazildi
2025-yil 12-dekabr kuni Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan an’anaviy yil yakunlari bo‘yicha hisoboti yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yil davomida o‘tkazilgan xalqaro hamda respublika miqyosidagi musobaqalar natijalari ko‘rib chiqildi, federatsiya faoliyati tahlil qilindi va 2026-yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Konfirensiya federatsiya prezidenti B. Gaziyev raisligida, bosh kotib A. Shodixojaev ko‘magida tashkil etildi. Unda rahbariyat vakillari, yetakchi mutaxassislar, murabbiylar, sportchilar va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda “yilning eng yaxshi treneri”, “yilning eng yaxshi sportchisi”, ” yilning mutloq chempion”lari taqdirlandilar.
Tadbir ishtirokchilari 2026-yil ot sporti uchun yanada muvaffaqiyatli va samarali bo‘lishiga ishonch bildirdilar.