Kalba (Sharja) | CSI3*18-dekabr kuni Sharja amirligining Kalba shahrida

Kalba (Sharja) | CSI3*

18-dekabr kuni Sharja amirligining Kalba shahrida nufuzli xalqaro CSI3* musobaqasi boshlandi. Dengiz bo‘yida o‘tkazilayotgan ushbu turnir ot sportining eng kuchli chavandozlarini jamlagan elita musobaqalardan biri hisoblanadi.

Musobaqaning birinchi kunida 125–130 sm balandlikdagi to‘siqlar bilan o‘tkazilgan marshrutda O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etdi:

🥉 Bahromjon Gaziev marshrutni ishonchli va aniq tarzda bosib o‘tib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔹 Akbar Sharipov ham yaxshi natija ko‘rsatib, kuchli raqobat ostida 5-o‘rinni egalladi.

Kalbadagi muvaffaqiyatli start O‘zbekiston chavandozlarining xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqladi va turnirning keyingi kunlariga katta umid bag‘ishladi. 🐎🏆