Bugun, 7-yanvar — Abu-Dabida CSI 5★ xalqaro musobaqalari oldidan vet-check o‘tkazildi.
Bugun, 7-yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ot sporti bo‘yicha CSI 5★ toifasidagi nufuzli xalqaro musobaqa oldidan sport otlarining majburiy veterinariya ko‘rigi (vet-check) bo‘lib o‘tdi.
Veterinariya ko‘rigi davomida otlarning sog‘ligi, umumiy jismoniy holati, harakat faolligi hamda yuqori darajadagi musobaqalarga tayyorgarligi xalqaro talablar asosida mutaxassislar tomonidan baholanadi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidagi sport otlari otlar ko’rigidan muvaffaqiyatli o‘tib, musobaqalarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
CSI 5★ xalqaro musobaqa juda nufuzli bo’lib, marshruti Olimpiya o’yinlarda qo’yiladigan marshrut hisoblanadi, musobaqa 8, 9, 10 va 11-yanvar kunlari Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnirlar ot sportidagi eng yuqori darajani ifodalaydi va dunyoning yetakchi chavandozlari hamda sport otlarini bir maydonga jamlaydi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari:
Bahromjon Gaziyev
Abdullayev Feruz
Kurbanov Bekzod
Abdullayev Abdurahmon
Sharipov Akbar ishtirok etishadi.
Endilikda chavandozlarimiz va sport otlarimizni oldinda mas’uliyatli va murosasiz bellashuvlar kutmoqda. O‘zbekiston terma jamoasiga, chavandozlarimizga va sport otlarimizga musobaqalarda omad, yorqin chiqishlar va yuqori natijalar tilaymiz!

