Abu-Dabi shahrida nufuzli xalqaro ot sporti musobaqasi — CSI 5 yulduzli turnir davom etmoqda.
Musobaqaning dastlabki kunlaridanoq Oʻzbekiston terma jamoasi yuqori sport tayyorgarligi va barqaror natijalari bilan oʻzini munosib tarzda namoyon etmoqda. Chavandozlarimiz xalqaro maydonda ishonch bilan chiqish qilib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kuni — 9-yanvar Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Kurbanov Begzod CSI2* Grand Prix dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli ikkinchi oʻrinni 🥈egalladi. Ushbu natija sportchining yuqori mahorati va puxta tayyorgarligidan dalolat beradi.
Oldinda 10-va 11-yanvar kunlari bellashuvlar davom etadi.
Oʻzbekiston terma jamoasiga keyingi startlarda ham muvaffaqiyat va omad tilaymiz. 🐎🇺🇿

