❗️DIQQAT, OGOHLANTIRISH❗️
⚠️ KONKUR BO‘YICHA MUHIM YANGI QOIDALAR ⚠️
📱🎧 Elektron qurilmalardan foydalanish tartibi yangilandi
Barcha sportchilar, murabbiylar va ot parvarishlovchilar (groomlar) diqqatiga!
Xalqaro qoidalarga muvofiq, konkur musobaqalarida elektron qurilmalar va quloqchindan foydalanish bo‘yicha yangi talablar kuchga kirdi:
🔴 Warm-Up Arena (musobaqa vaqtida):
— Sportchi ot ustida bo‘lgan paytda telefon, aloqa qurilmalari va quloqchindan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
— Qoidabuzarlik uchun OGOHLANTIRISH (Warning) beriladi.
🔴 Competition Arena (musobaqa maydoni):
— Musobaqa davomida har qanday elektron qurilma va quloqchindan foydalanish taqiqlanadi.
— Qoidabuzarlik holatida sportchi musobaqadan CHETLATILADI (Elimination).
🟢 Musobaqadan tashqari vaqtlarda:
— Ot ustida bo‘lgan holda bitta quloqchadan foydalanishga ruxsat etiladi.
❗️Mazkur qoidalar sportchilarning xavfsizligini ta’minlash, adolatli musobaqa muhitini yaratish hamda xalqaro standartlarga rioya etish maqsadida joriy etilgan.
📌 Barcha sportchilardan ushbu talablarga qat’iy rioya qilish so‘raladi.
