2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ot sportining ot yo’rttirish, to‘siqlardan sakrash va uchkurash yo‘nalishlari bo‘yicha milliy terma jamoalarni shakllantirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbariyati yig‘ilish davomida Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik olib borish uchun oldindan o’ziga rejalar qilib oldi. Mazkur uch yo’nalish bo’yicha kerakli yo’l haritalar ishlab chiqildi va oldimizda turgan Osiyo o’yinlarigacha bo’lgan xalqaro musobaqalarda, Osiyo o’yinlarida ishtirok etish uchun beradigan xalqaro kvalifikatsiya musobaqalarida chavandozlarimiz shtirok etishlari rejalashtirildi. Shuningdek, ot yo’rttirish, to‘siqlardan sakrash va uchkurash yo‘nalishlari bo‘yicha terma jamoalarning asosiy hamda zahira tarkiblari shakllantirilib, ular yuzasidan muhokamalar olib borildi va ularga kerakli vazifalar berildi.

