Bugun, 14-yanvar kuni Ot sporti bo‘yicha Oliy sport mahorati

Bugun, 14-yanvar kuni Ot sporti bo‘yicha Oliy sport mahorati maktabida 2026-yilga mo‘ljallangan, 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan ot sporti bo‘yicha ochiq birinchilik musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalar konkur yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etildi va unda turli yosh hamda sport toifasidagi chavandozlar ishtirok etdi. Bellashuvlar ikki yo‘nalish — boshlovchi sportchilar va ochiq klass bo‘yicha o‘tkazildi.

1-marshrut. “Boshlovchi sportchilar”

To‘siqlar balandligi — 75 sm
1-o‘rin — Ayupova Alina (Karida)
2-o‘rin — Farxotov Abdurahmon (Rizotta)
3-o‘rin — Mirshavkatov Mirodil (Raport)

2-marshrut. “Ochiq klass”

To‘siqlar balandligi — 95 sm
1-o‘rin — Kozimova Robiya (Bagi)
2-o‘rin — Xidirova Maryam (Narletta A.V)
3-o‘rin — Dudnikova Polina (Raport)