Bugun Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bosh kotibi

Bugun Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bosh kotibi Shodixojayev A’loxoja tavallud ayyomini nishonlamoqda.

🇺🇿Ushbu munosabat bilan Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi jamoasi nomidan hurmatli Shodixojayev A’loxojani tugʻilgan kuni bilan samimiy va chin dildan muborakbod etamiz.

Sizning fidokorona mehnatingiz, masʼuliyatli faoliyatingiz hamda yuqori tashkilotchilik salohiyatingiz mamlakatimizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish yoʻlidagi muhim omillardan biridir. Soha taraqqiyoti yoʻlida olib borayotgan saʼy-harakatlaringiz, tashabbuslaringiz va samarali mehnatingiz chuqur eʼtirofga loyiq.

Sizga mustahkam sogʻliq, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, uzoq va barakali umr, masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar, yangi marralar va doimiy muvaffaqiyatlar tilaymiz. Har doim el-yurt hurmatida, jamoadoshlaringiz eʼzozida boʻlib, Vatanimiz sporti ravnaqi yoʻlidagi ishlaringizda omad yor boʻlsin.
🎊 🎉