O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev boshchiligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda federatsiya bosh kotibi A. Shodixodjayev, O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorat maktabi direktori Supixodjayev Mirzaxodja Boboxodjayevich, ot sporti bosh murabbiyi B.Kurbanov hamda federatsiya mutaxassislari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda federatsiyasi oldida turgan yirik musobaqalar masalalari muhokama qilindi. Xususan:
• Jahon Kubogi final bosqichida ishtirok etish rejalari;
• Aprel oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Jahon Kubogi final bosqichini tashkil etish masalasi;
• Osiyo o‘yinlari va Germaniyaning Axen shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati musobaqalarida ishtirok etish masalalari muhokama qilindi va rejalari ishlab chiqildi.
Yig‘ilish yakunida yuqori natijalarga erishish uchun zarur ko‘rsatmalar berildi va kelgusidagi faoliyat rejasi kelishib olindi.
В Федерации коневодства и конного спорта Узбекистана прошло очередное заседание
Очередное заседание Федерации коневодства и конного спорта Узбекистана состоялось под руководством председателя Федерации Бахромджона Газиева.
В заседании приняли участие: секретарь Федерации А. Шодиходжаев, директор Республиканской школы высшего спортивного мастерства по конному спорту при Национальной гвардии Узбекистана Супиходжаев Мирзоходжа Бобоходжаевич, главный тренер по конному спорту Б. Курбанов, а также специалисты Федерации.
В ходе заседания были обсуждены вопросы участия национальных сборных команд в крупных международных соревнованиях. В частности, рассмотрено участие в финальном этапе Кубка мира, Азиатских играх, а также в чемпионате мира, который пройдет в городе Ахен (Германия).
По итогам обсуждения были разработаны соответствующие планы и внесены необходимые корректировки.

