Syuzana Epayar WBFSH talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi sport otlarini yetishtiruvchi mutaxassis deb topildi
Joriy mavsum yakunlariga ko‘ra Syuzana Epayar Garsiya Sereseda WBFSH (World Breeding Federation for Sport Horses) tomonidan ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishida yilning eng yaxshi sport otlarini yetishtiruvchi mutaxassis unvoniga sazovor bo‘ldi. Ushbu mukofot Syuzana uchun xalqaro miqyosda ikkinchi bor topshirilmoqda.
Mukofotlashga asos bo‘lgan asosiy omil — Donatello d’Auge otining yuqori sport natijalari bo‘ldi. Tantanali marosimda mukofotni Selle Français studbuki boshqaruv kengashi a’zosi Arman Pette topshirdi. Marosimda Syuzanani eri, taniqli chavandoz Jülyen Epayar, shuningdek Donatello d’Auge ham qo‘llab-quvvatladi.
13 yoshli merin Donatello d’Auge Fransiyaning Normandiya hududida joylashgan Haras de La Bosquetterie ot sport klubida yetishtirilgan. 2025 yil ushbu ot faoliyatida alohida o‘rin tutdi: u olti oy davomida dunyoning eng kuchli to’siqlardan sakrash yo’nalishidagi otlari reytingida yetakchi bo‘lib keldi, ot sportining to’siqlardan sakrash yo’nalishi (konkur) bo‘yicha Jahon kubogi finalida g‘alaba qozondi hamda bir qator nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishdi.
Donatelloning barqaror muvaffaqiyatlarida Syuzana Epayar va chavandoz Jülyen Epayar o‘rtasidagi samarali hamkorlik muhim ahamiyat kasb etdi. Jülyenning ot sog‘lig‘i va holatiga yo‘naltirilgan professional yondashuvi Donatelloning har mavsumda yuqori sport formasini saqlab qolishiga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda Syuzananing konizavodchilik faoliyati yangi istiqbolli sport otlari bilan ham davom etmoqda. Ular orasida Donatelloning to‘liq ukasi, shuningdek 140 sm balandlikdagi to‘siqlarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan singlisi ham bor.
🐎
Сюзана Эпайар признана лучшим конезаводчиком года по версии WBFSH
По итогам сезона Сюзана Эпайар Гарсия Сереседа была удостоена престижного звания лучшего конезаводчика конкурных лошадей года по версии WBFSH. Для специалиста это уже второе подобное признание на международном уровне.
Основанием для награждения стали выдающиеся спортивные результаты конкурного мерина Donatello d’Auge, который в течение сезона подтвердил статус одного из сильнейших лошадей современного спорта. Церемония награждения прошла в торжественной обстановке, где награду вручал представитель правления студбука Selle Français Арман Петте. Поддержать Сюзану в этот момент вышли ее супруг, известный всадник Жюльен Эпайар, а также сам Donatello d’Auge.
13-летний мерин был выращен в конюшне Haras de La Bosquetterie в Нормандии. Сезон 2025 года стал для него знаковым: на протяжении полугода Donatello удерживал лидерство в мировом рейтинге конкурных лошадей, одержал победу в финале Кубка мира по конкуру, а также добился ряда высоких результатов на крупнейших международных турнирах.
Важную роль в стабильных успехах Donatello сыграло профессиональное взаимодействие Сюзаны Эпайар с всадником Жюльеном Эпайаром. Его внимательный, ориентированный на благополучие лошади подход позволяет сохранять высокий уровень подготовки и спортивной формы от сезона к сезону.
Помимо Donatello d’Auge, в конезаводческом хозяйстве Сюзаны подрастают и другие перспективные лошади, включая полного младшего брата Donatello, а также кобылу, уже выступающую на маршрутах высотой до 140 см.

