📌🎓 Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetiga tashrifJoriy yilning 2-fevral kuni

📌🎓 Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetiga tashrif

Joriy yilning 2-fevral kuni Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Gaziyev Bahromjon Valiyevich Toshkent shahrida joylashgan xalqaro vestminster universitetiga tashrif buyurib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvini oʻtkazdi.

Tashrif davomida Bahromjon Valiyevich ot sporti va zamonaviy beshkurash yoʻnalishlarining rivoji, sportning shaxs kamolotidagi oʻrni, shuningdek, oʻzining professional faoliyati va hayotiy tajribasiga bagʻishlangan maʼruza bilan ishtirok etdi. Talabalar katta qiziqish bildirib, muloqotda faol qatnashdilar hamda nafaqat ot sporti va sport menejmenti, balki hayotiy tajriba, shaxsiy motivatsiya va muvaffaqiyatga erishishda muhim boʻlgan qadriyatlar haqida ham savollar berdilar.

Uchrashuv iliq va mazmunli muhitda oʻtib, yoshlar uchun tajriba almashish va ilhom olishga xizmat qiluvchi muhim maydonga aylandi. Bunday tashabbuslar sport hamjamiyati va taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, talabalar orasida sport va sogʻlom turmush tarziga boʻlgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

📌🎓Визит в Международный Вестминстерский университет в Ташкенте

2 Февраля текущего года президент Федерации коневодства и конного спорта Узбекистана Газиев Бахромжон Валиевич посетил Международный Вестминстерский университет в городе Ташкенте, где провёл открытую встречу со студентами.

В ходе визита Бахромжон Валиевич выступил с лекцией, посвящённой развитию конного спорта и современного пятиборья, роли спорта в формировании личности, а также своему профессиональному пути. Студенты проявили высокий интерес и активно участвовали в диалоге, задавая вопросы не только о конном спорте и спортивном менеджменте, но и о жизненном опыте, личной мотивации и ценностях, которые помогают добиваться успеха.

Встреча прошла в тёплой и содержательной атмосфере, став важной площадкой для обмена опытом и вдохновения молодёжи. Подобные инициативы способствуют укреплению связи между спортивным сообществом и образовательными учреждениями, а также формированию интереса к спорту и здоровому образу жизни среди студентов.