🇶🇦 11–14-fevral kunlari Doha shahrida (Qatar Davlati) nufuzli xalqaro ot poygalari festivali — HH The Amir Sword Festival bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu festival jahon taqvimidagi eng muhim ot sporti tadbirlaridan biri hisoblanadi. Musobaqalar Al Rayyan Racecourse ippodromida o‘tkazilmoqda va har yili xalqaro darajadagi yetakchi jokeylar, murabbiylar hamda yuqori saviyadagi otlarni jamlaydi.
Osiyo ot sporti federatsiya raisi Hamad bin Abdulrahman Al Attiyah taklifiga binoan festival tadbirlarida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev faxriy mehmon sifatida ishtirok etmoqda.🇺🇿
🏇🏻🏅13-fevral kuni festival dasturi doirasida Bahromjon Gaziyev rasmiy taqdirlash marosimida ishtirok etib, aynan shu musobaqa kunida o‘tkazilgan poygalar g‘oliblariga mukofotlarni topshirdi. Uning ishtiroki O‘zbekiston va Qatar Davlati o‘rtasida yilqichilik hamda ot sporti sohasidagi xalqaro hamkorlik yuqori darajada ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Federatsiya rahbariyatining bunday yirik miqyosdagi tadbirlardagi ishtiroki xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish hamda nufuzli ot sporti musobaqalarini o‘tkazish borasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
🇶🇦С 11 по 14 февраля в городе Доха (Государство Катар) проходит престижный международный фестиваль скачек HH The Amir Sword Festival — одно из самых значимых событий мирового календаря в сфере конного спорта. Соревнования проводятся на ипподроме Al Rayyan Racecourse и ежегодно собирают ведущих жокеев, тренеров и лошадей высокого международного уровня.
По приглашению председателя федерации конного спорта Азии Hamad bin Abdulrahman Al Attiyah, в мероприятиях фестиваля принимает участие Председатель Федерации коневодства и конного спорта Узбекистана Бахромжон Газиев в качестве почётного гостя.
🏇🏻🏅13 февраля в рамках программы фестиваля Бахромжон Газиев принял участие в официальной церемонии награждения и вручил награды победителям скачек, состоявшихся в этот соревновательный день. Его участие подчёркивает высокий уровень международного сотрудничества и укрепление спортивных связей между Узбекистаном и Государством Катар в сфере коневодства и конного спорта.
Участие руководства Федерации в мероприятиях такого масштаба способствует дальнейшему развитию международного партнёрства, обмену опытом и расширению взаимодействия в области проведения престижных конно-спортивных соревнований.

