🇦🇪🐎 H.H. Sharjah Ruler Cup 202619-fevral kuni Sharjah shahrida

🇦🇪🐎 H.H. Sharjah Ruler Cup 2026

19-fevral kuni Sharjah shahrida (Birlashgan Arab Amirliklari) start olgan H.H. Sharjah Ruler Cup 2026 xalqaro turniri doirasida CSI2* va CSI5* toifalaridagi musobaqalar o‘tkazilmoqda. Bugun dasturga muvofiq sport otlari uchun majburiy veterinariya ko‘rigi — vetchek (vyvodka) bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasining barcha sport otlari veterinariya nazoratidan muvaffaqiyatli o‘tdi va rasman musobaqalarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

🇦🇪19 февраля в городе Шарджа (Объединённые Арабские Эмираты) стартовал международный турнир H.H. Sharjah Ruler Cup 2026, в рамках которого проходят маршруты категорий CSI2* и CSI5*. В первый день состоялась обязательная ветеринарная инспекция лошадей (ветчек, выводка). Все спортивные лошади сборной Узбекистана успешно прошли ветеринарный контроль и допущены к участию в соревнованиях. 🐎🇺🇿