Hurmatli sportchilar va murabbiylar!FEI tomonidan HorseApp tizimi hamda otlarda

Hurmatli sportchilar va murabbiylar!

FEI tomonidan HorseApp tizimi hamda otlarda grippga qarshi emlash qoidalariga (bir yil davomida majburiy ikki martalik emlash) kiritilgan yangilanishlar munosabati bilan ayrim otlar bo‘yicha ma’lumotlarga tuzatish kiritish zarur.

2026-yilda xalqaro musobaqalarda ishtirok etishni rejalashtirayotgan hamda otlari FEI ID va FEI pasportiga ega bo‘lgan barcha sportchilardan yaqin vaqt ichida bog‘lanishlari va otlar pasportlarini juma kuniga qadar maktabga olib kelishlari so‘raladi.

Mazkur choralar emlash haqidagi yozuvlarni amaldagi talablarga to‘liq moslashtirish va ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish uchun zarur.

Iltimos, bugun soat 18:00 ga qadar Federatsiya veterinarlari bilan bog‘laning:
• Abdullayeva Regina: +998 90 925 40 36
• Natalya Yugay: +998 93 536 79 81

Eslatib o‘tamiz, emlash masalasini belgilangan talablarga muvofiq hal qilmagan sportchilar xalqaro ot sporti musobaqalarida ishtirok etishga qo‘yilmaydi, shuningdek FEI tomonidan 500 Shveytsariya franki miqdorida jarima qo‘llaniladi.

Mazkur masalani ortga surmaslikni so‘raymiz.