📢 Sport sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi30-mart kuni O‘zbekiston

📢 Sport sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriridagi muhim o‘zgarishlar hamda sport sohasida yangilangan moliyalashtirish mexanizmini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muhokamada O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bosh kotibi Shadixo‘jayev Aloxoja ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda yetakchi xususiy kompaniya va tashkilotlar vakillari ham qatnashdi. Asosiy e’tibor xususiy sektor bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda sportni rivojlantirishga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etish masalalariga qaratildi.

Ishtirokchilar davlat va biznes o‘rtasidagi samarali hamkorlik sohaning barqaror o‘sishini ta’minlash, yangi imkoniyatlar yaratish hamda sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

📢 В Министерстве спорта обсудили развитие отрасли

30 марта в Министерстве спорта Республики Узбекистан состоялась пресс-конференция, в ходе которой были рассмотрены ключевые изменения в новой редакции Закона «О физической культуре и спорте», а также вопросы внедрения обновлённого механизма финансирования в спортивной сфере.

В обсуждении принял участие Генеральный секретарь Федерации коневодства и конного спорта Узбекистана Шадиходжаев Алохожа.

Кроме того, среди участников были представители ведущих частных компаний и организаций. В центре внимания оказались вопросы укрепления партнёрства с частным сектором и привлечения дополнительных инвестиций в развитие спорта.

Участники подчеркнули значимость эффективного взаимодействия государства и бизнеса для обеспечения устойчивого роста отрасли, расширения возможностей и всесторонней поддержки спортсменов.