🏆🐎 Texasda Jahon kubogi finali doirasidagi uchrashuv🇺🇸 AQShning Texas

🏆🐎 Texasda Jahon kubogi finali doirasidagi uchrashuv

🇺🇸 AQShning Texas shtatida 7–12-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha Jahon kubogi finali doirasida musobaqa tashkilotchisi Derek Braun bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Gaziyev Baxromjon musobaqani yuqori saviyada tashkil etgani uchun tashkilotchiga minnatdorlik bildirib, musobaqaning a’lo darajada o‘tgani hamda barcha xizmatlarning hamjihatlikda ishlaganini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv davomida kelgusidagi hamkorlik istiqbollari, jumladan, ot sportini rivojlantirish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Gaziyev Baxromjon Derek Braunni O‘zbekistonga tashrif buyurib, mamlakatimizda o‘tkazilayotgan musobaqalar bilan yaqindan tanishishga taklif etdi.

Yakunida O‘zbekistonda ot sporti yanada rivojlanib, musobaqalarni tashkil etish darajasi ham shunday yuqori xalqaro saviyaga yetishini tilab o‘tildi.🐎🙌🏻
______

🏆🐎Встреча в Техасе в рамках Финала Кубка мира

В рамках Финала Кубка мира по конкуру, проходившего в 🇺🇸США, штат Техас, с 7 по 12 апреля, состоялась встреча с организатором турнира – Derek Braun.

Председатель Федерации коневодства и конного спорта 🇺🇿Узбекистана Газиев Бахромжон поблагодарил организатора за проведение турнира на высоком уровне, отметив отличную организацию и слаженную работу всех служб соревнований.

В ходе встречи также были обсуждены перспективы дальнейшего сотрудничества, включая развитие конного спорта и обмен опытом.

Кроме того, Газиев Бахромжон пригласил Дерека Брауна посетить Узбекистан и ознакомиться с проводимыми в стране соревнованиями.

Также было выражено пожелание, чтобы конный спорт в Узбекистане продолжал активно развиваться, а уровень организации соревнований достигал такого же высокого международного уровня.