Joriy yilning 23–26-aprel kunlari ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha FEI Jahon kubogining birinchi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Gaziyev Bahromjon Valiyevich hamda musobaqaga tashrif buyurgan delegatsiya rahbarlari “Art-vernissage” nomli badiiy galereyaga tashrif buyurishdi.
Hurmat va minnatdorchilik belgisi sifatida Yevrosiyo ligasi prezidenti Marina Vladimirovna Sechinaga, Qozog‘iston Ot sporti federatsiyasi prezidenti Rustam Axatxanovich Bayalievga, shuningdek, Indoneziya Ot sporti federatsiyasi bosh kotibi Adinda Yuanitaga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bunday uchrashuvlar xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, madaniy almashinuvni rivojlantirish hamda O‘zbekistonda ot sportini yanada targ‘ib etishga xizmat qiladi.
__
В рамках первого этапа Кубка мира по конному спорту FEI Jumping World Cup, который проходил в Ташкенте с 23 по 26 апреля, председатель Федерации коневодства и конного спорта Узбекистана Газиeв Бахромжон Валиевич провёл экскурсию для почётных гостей по оценочной компании, а также по арт-галерее Art Vernissage.
В знак уважения и признательности были вручены памятные подарки президенту Евразийской лиги Марине Владимировне Сечиной, президенту Федерации конного спорта Казахстана Рустаму Ахатхановичу Байалиеву, а также генеральному секретарю Федерации конного спорта Индонезии Адинде Юаните.
Подобные встречи способствуют укреплению международного сотрудничества, развитию культурного обмена и продвижению конного спорта в Узбекистане.

