🐎🏆27–31 may kunlari Ostona🇰🇿 shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash

🐎🏆27–31 may kunlari Ostona🇰🇿 shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha FEI World Challenge finali — mavsumning eng yirik xalqaro musobaqalaridan biri bo‘lib o‘tadi.

Finalda dunyoning 11 mamlakatidan 20 ta sport juftligi ishtirok etadi. Ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston🇺🇿 terma jamoasi a’zolari A’zam Talibbayev va Bekzod Rozmuhamedovlar ishtirok etishadi.

O‘zbekistonlik sportchilarning FEI World Challenge finalida ishtirok etishlari muhim yutuq bo‘lib, milliy chavandozlarning xalqaro maydondagi yuqori tayyorgarlik darajasini tasdiqlaydi.

Yaqinlashib kelayotgan ushbu musobaqalar sportchilarga o‘z mahoratini namoyish etish, qimmatli xalqaro tajriba orttirish hamda O‘zbekistonni ot sporti bo‘yicha xalqaro arenada munosib tarzda namoyish etish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.
__

🐎🏆С 27 по 31 мая в Астане🇰🇿 состоится финал FEI World Challenge по конкуру — одно из круп-нейших международных соревнований сезона.

В финале примут участие 20 спортивных пар из 11 стран мира. Сборную Узбекистана🇺🇿 на престижном турнире представят Азам Талиббаев и Бекзод Розмухамедов.

Участие узбекских спортсменов в финале FEI World Challenge является важным достижением и подтверждением высокого уровня подготовки отечественных всадников на международной арене.

Предстоящие соревнования станут отличной возможностью для спортсменов продемонстрировать своё мастерство, получить ценный международный опыт и достойно представить Узбекистан на международной арене конного спорта.