🐎 AEF/MANTENA CUP JAKARTA 2026 xalqaro turnirining birinchi kuni yakunlandi
27-iyun kuni Indoneziyaning 🇮🇩 Jakarta shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha AEF/MANTENA CUP JAKARTA 2026 (FEI CSI1*, CSIU25-A) xalqaro musobaqasining birinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston🇺🇿 terma jamoasi a’zosi Shokirov Dilshod musobaqada Agustha laqabli sport oti bilan ishtirok etib, birinchi kun yakunlariga ko‘ra 8-o‘rinni egalladi hamda eng kuchli o‘nlikdan joy oldi.
Musobaqa hali davom etmoqda. Sportchimizga keyingi yo‘nalishlarda omad, toza marshrutlar va yanada yuqori natijalar tilaymiz!
___
🐎 Завершился первый день международного турнира AEF/MANTENA CUP JAKARTA 2026
27 июня в Джакарте (Индонезия 🇮🇩) состоялись соревнования первого дня международного турнира по конкуру AEF/MANTENA CUP JAKARTA 2026 (FEI CSI1*, CSIU25-A).
Представитель сборной Узбекистана🇺🇿 Шокиров Дильшод, выступавший на спортивной лошади по кличке Agustha, по итогам первого соревновательного дня занял 8-е место, войдя в десятку сильнейших участников.
Турнир продолжается. Желаем нашему спортсмену удачи в следующих маршрутах, чистых прохождений и ещё более высоких результатов!
