📍Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2-iyul kuni Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari rahbarlari ishtirokida videokonferensiya shaklida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi Bosh kotibi Aloxo‘ja Shodixo‘jayev ishtirok etdi. Yig‘ilish Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati hamda sport federatsiyalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida 2026-yil 19-sentabrdan 4-oktabrgacha 🇯🇵 Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilar va rasmiy delegatsiyalarning tayyorgarligi muhokama qilindi. Shuningdek, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha terma jamoalarning tayyorgarlik jarayoni, tashkiliy masalalar hamda O‘zbekiston delegatsiyasining musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi milliy terma jamoaning nufuzli xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishi yo‘lida tizimli ishlarni izchil davom ettirmoqda. 🇺🇿
__
📍Состоялось рабочее совещание по подготовке к Азиатским играм
2 июля генеральный секретарь Федерации коневодства и конного спорта Узбекистана Алохожа Шадиходжаев принял участие в рабочем совещании, прошедшем в формате видеоконференции с участием руководства Министерства спорта Республики Узбекистан, Национального олимпийского комитета Узбекистана, а также представителей спортивных федераций и ассоциаций.
В ходе совещания были рассмотрены вопросы подготовки спортсменов и официальных делегаций, которые представят Узбекистан на Азиатских играх, которые пройдут с 19 сентября по 4 октября 2026 года в городах Айти–Нагоя 🇯🇵 (Япония). Участники обсудили организационные вопросы, ход подготовки национальных сборных команд различных видов спорта, а также дальнейшие планы по обеспечению успешного участия делегации Узбекистана в предстоящих Играх.
Федерация коневодства и конного спорта Узбекистана продолжает планомерную работу по подготовке национальной сборной к предстоящим международным соревнованиям. 🇺🇿

