O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi xalqaro onlayn uchrashuvda

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi xalqaro onlayn uchrashuvda ishtirok etdi

21-iyul kuni O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Hayvonlarning genetik resurslari bo‘yicha Butunjahon tashkiloti (WHAGR) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vaziri o’rinbosari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida qorabayir ot zotini asrash va barqaror rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda milliy genetik merosni asrashga qaratilgan xalqaro loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida muntazam ishchi onlayn uchrashuvlarni tashkil etish hamda qorabayir ot zotini saqlash va ilmiy o‘rganish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan hamkorlik memorandumlarini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev, federatsiya vitse-prezidenti Nodir Anvarbekovich, federatsiya Bosh kotibi Aloxo‘ja Shadixo‘jayev hamda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Akbarjon Qurbonov ishtirok etdi.

Представители Федерации коневодства и конного спорта Узбекистана приняли участие в международной онлайн-встрече

21 июля состоялась онлайн-встреча с участием представителей Федерации коневодства и конного спорта Узбекистана, Всемирной организации по генетическим ресурсам животных (WHAGR) и Представительства Организации Объединённых Наций в Узбекистане.

В ходе встречи обсуждались вопросы сохранения и устойчивого развития карабаирской породы лошадей, развития научного сотрудничества, проведения совместных исследований, а также реализации международных проектов, направленных на сохранение национального генетического наследия.

По итогам переговоров стороны договорились проводить регулярные рабочие онлайн-встречи, а также приступить к подготовке меморандумов о сотрудничестве, которые станут основой для дальнейшего развития партнёрства в сфере сохранения и научного изучения карабаирской породы.

От Федерации коневодства и конного спорта Узбекистана в мероприятии приняли участие председатель Бахромжон Газиев, вице-президент Нодир Анварбекович, генеральный секретарь Алохожа Шадиходжаев и начальник отдела международных отношений Акбаржон Курбанов.