🇺🇿 O‘zbekiston XX Osiyo o‘yinlari Aichi–Nagoya 2026 ga tayyorgarlik

🇺🇿 O‘zbekiston XX Osiyo o‘yinlari Aichi–Nagoya 2026 ga tayyorgarlik ko‘rmoqda

🇯🇵 2026-yil 19-sentabrdan 4-oktabrgacha Yaponiyada XX Osiyo o‘yinlari Aichi–Nagoya 2026 bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar doirasida ot sporti bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, sportchilar ot sportining ot yo‘rttirish (viyezdka), uchkurash va to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishlari bo‘yicha medallar uchun kurash olib boradilar.

🇺🇿 O‘zbekiston ot sporti ushbu yirik sport tadbirida mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. Ot sportining ot yo‘rttirish (viyezdka) yo‘nalishida O‘zbekiston terma jamoasi safida Alina Shevtsova ishtirok etadi. To‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishida esa mamlakatimiz sharafini Bekzod Кurbаnov, Abdurahmon Abdullayev, Nurjan Tuyakbayev va Oqil Sobirjonov himoya qiladi.

Sportchilarimiz uchun XX Osiyo o‘yinlaridagi ishtirok xalqaro mavsumning muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, O‘zbekistonni Osiyoning eng yirik sport maydonlaridan birida munosib namoyon etish uchun yana bir imkoniyatdir. 🐎

O‘zbekistonlik chavandozlarning Germaniyaning 🇩🇪 Aaxen shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatidagi tarixiy ishtirokidan so‘ng, terma jamoamiz yangi maqsad va vazifalarni oldiga qo‘ygan holda o‘z yo‘lida davom etmoqda. Oldinda — yangi startlar, yangi sinovlar va mamlakatimiz ot sportini yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar.
___

🇺🇿 Узбекистан готовится к XX Азиатским играм Aichi–Nagoya 2026

🇯🇵 19 сентября – 4 октября 2026 года в Японии пройдут XX Азиатские игры Aichi–Nagoya 2026. В рамках Игр состоятся соревнования по конному спорту, где спортсмены разыграют медали в таких дисциплинах, как выездка, троеборье и конкур.

🇺🇿 Конный спорт Узбекистана будет представлен на главном спортивном событии Азии. В дисциплине выездка сборную Узбекистана представит Алина Шевцова. В конкуре честь страны будут защищать Бекзод Курбанов, Абдурахмон Абдуллаев, Нуржан Туякебаев и Окил Собиржонов.

Для наших спортсменов участие в XX Азиатских играх станет важным этапом международного сезона и ещё одной возможностью достойно представить Узбекистан на крупнейшей спортивной арене Азии. 🐎

После исторического выступления узбекских всадников на чемпионате мира в Аахене 🇩🇪сборная продолжает движение вперёд, ставя перед собой новые цели и задачи. Впереди — новые старты, новые вызовы и новые возможности для развития конного спорта нашей страны.