🇨🇭Lozannada ot sportini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
2026-yil 27–29-avgust kunlari Shveytsariyaning Lozanna shahrida joylashgan Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) shtab-kvartirasida FEI Solidarity qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda FEI Solidarity qo‘mitasining III mintaqaviy guruh a’zosi, O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev ham ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida ishtirokchilar yaqinlashib kelayotgan chempionatlar va yirik sport o‘yinlari, FEI Solidarity loyihalari, PAEC Akademiyasi faoliyati hamda uning xalqaro tashabbuslardagi ishtiroki, jumladan, Argentina va Urugvaydagi loyihalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, FEI tomonidan tashkil etilayotgan ta’lim kurslari va milliy federatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Trinidad va Tobago, Barbados hamda Yamaykada amalga oshirilayotgan tashabbuslar misolida ot sportini rivojlantirish va milliy federatsiyalarning salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan loyihalar ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, amalga oshirilgan loyihalar natijalari, ularning samaradorligini baholovchi asosiy ko‘rsatkichlar, yilning ikkinchi yarmidagi ishlarning ustuvor yo‘nalishlari, FEI Solidarity jamg‘armasining moliyaviy masalalari hamda 2027-yil budjeti yuzasidan fikr almashildi.
Yig‘ilish yakunida 2027–2028-yillarda ot sportini rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar belgilab olindi. Bunda ot sporti jadal rivojlanayotgan mamlakatlar va milliy federatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston ot sporti federatsiyasining FEI Solidarity qo‘mitasi faoliyatidagi ishtiroki xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish hamda mamlakatimizda ot sportini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi.
___
В Лозанне обсудили развитие и поддержку конного спорта
27–29 августа 2026 года в штаб-квартире Международной федерации конного спорта (FEI) в Лозанне, Швейцария, состоялось заседание FEI Solidarity Committee.
В работе встречи принял участие председатель Федерации конного спорта Узбекистана Бахромжон Газиев, являющийся членом FEI Solidarity Committee от III региональной группы.
В ходе заседания участники обсудили предстоящие чемпионаты и Игры, проекты FEI Solidarity, работу Академии PAEC и её участие в международных инициативах, включая проекты в Аргентине и Уругвае.
Отдельное внимание было уделено образовательным курсам FEI и поддержке национальных федераций. В качестве примеров были рассмотрены инициативы в Тринидаде и Тобаго, Барбадосе и Ямайке, направленные на развитие конного спорта и укрепление возможностей национальных федераций.
Также были рассмотрены результаты уже реализованных проектов, ключевые показатели их эффективности, приоритеты работы на вторую половину года, финансовые вопросы FEI Solidarity Fund и бюджет на 2027 год.
Участники определили планы развития конного спорта на 2027–2028 годы, уделив особое внимание поддержке стран и национальных федераций, где конный спорт находится на стадии активного развития.
Участие Федерации конного спорта Узбекистана в работе FEI Solidarity Committee способствует укреплению международного сотрудничества и открывает новые возможности для дальнейшего развития конного спорта в стране.

