O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi va VDS Horses hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi
Germaniyada bo‘lib o‘tgan ot sporti bo‘yicha jahon chempionati doirasida Belgiyadagi 🇧🇪 Stephex Stables majmuasida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev hamda Belgiyaning VDS Horses kompaniyasi vakillari Martin Van Der Stukken va Nataliya Van Der Stukken o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Memorandum O‘zbekiston va Yevropa tomonlari o‘rtasida ot sportini rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari qatorida sportchilar va sport otlarini tayyorlash sohasida tajriba almashish, otlarni xarid qilish va sotish, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hududida ot sporti tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, yevropalik sportchilarning O‘zbekistonda o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirokini ta’minlash belgilandi.
Tomonlar, shuningdek, VDS Horses kompaniyasining Belgiyada xalqaro miqyosdagi ot sporti tadbirlarini tashkil etish borasidagi tajribasini alohida ta’kidladilar. Mazkur hamkorlik professional tajriba almashish, xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish hamda yevropalik sportchilarni O‘zbekistonda o‘tkaziladigan musobaqalarga jalb etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Memorandumning imzolanishi O‘zbekistonning Yevropa ot sporti hamjamiyati bilan xalqaro hamkorligini mustahkamlash, tajriba almashinuvini kengaytirish va mamlakatimizda ot sportini yangi bosqichdga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
__
Узбекистан и VDS Horses подписали миморандум о сотрудничестве
В рамках чемпионата мира по конному спорту, проходившего в Германии, на территории Stephex Stables в Бельгии 🇧🇪 состоялось подписание меморандума о сотрудничестве между председателем Федерации коневодства и конного спорта Республики Узбекистан Газиевым Бахромжоном и представителями бельгийской компании VDS Horses — Мартином Ван Дер Стуккеном и Наталией Ван Дер Стуккен.
Меморандум направлен на развитие долгосрочного сотрудничества между узбекской и европейской сторонами в сфере конного спорта. В числе основных направлений — обмен опытом в подготовке спортсменов и спортивных лошадей, купля-продажа лошадей, организация конных мероприятий на территории стран Европейского союза, а также участие европейских спортсменов в соревнованиях, проводимых в Узбекистане.
Отдельно стороны отметили опыт VDS Horses в организации международных конных мероприятий в Бельгии. Сотрудничество открывает новые возможности для обмена профессиональным опытом, расширения международных связей и привлечения европейских спортсменов к соревнованиям в Узбекистане.
Подписание меморандума стало ещё одним шагом в укреплении международного сотрудничества Узбекистана с европейским конным сообществом и развитии новых перспектив для отечественного конного спорта.

