🇩🇪🐎 Ising am Chiemsee xalqaro turniri davom etmoqda
Germaniyaning Ising am Chiemsee shahrida o‘tayotgan CSI2* xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoa a’zosi Gaziyev Bahromjon Santos Hippica laqabli sport oti bilan navbatdagi startini o‘tkazdi.
3-sentabr kuni 140 sm balandlikdagi toifada ishtirok etgan sportchi yo‘nalishni 64,81 soniyada yakunladi. Ikki to‘siqdagi xatoga qaramay, juftlik yaxshi tezlik namoyish etdi. Agar ushbu xatolar bo‘lmaganida, qayd etilgan vaqt sportchiga kuchli beshlikdan joy olish imkonini bergan bo‘lardi.
🇺🇿 Bahromjon Gaziyev va Santos Hippicaga navbatdagi startlarda omad va yuqori natijalar tilaymiz! 🐎
___
🇩🇪🐎 Международный турнир в Ising am Chiemsee продолжается
На международном турнире категории CSI2* в немецком Ising am Chiemsee представитель Узбекистана Бахромжон Газиев вновь вышел на старт в паре с лошадью Santos Hippica.
3 сентября спортсмен преодолел маршрут с высотой препятствий 140 см за 64,81 секунды. Несмотря на две ошибки на препятствиях, пара показала хорошую скорость. Без допущенных ошибок показанного времени было бы достаточно для попадания в пятёрку лучших.
🇺🇿 Желаем Бахромжону Газиеву и Santos Hippica удачи и высоких результатов в следующих стартах! 🐎🇺🇿
