🇺🇿Bekzod Kurbanov — Ising am Chiemsee🇩🇪 turnirida ikkinchi o‘rinda!Germaniyaning

🇺🇿Bekzod Kurbanov — Ising am Chiemsee🇩🇪 turnirida ikkinchi o‘rinda!

Germaniyaning Ising am Chiemsee shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha CSI2* toifasidagi xalqaro musobaqa davom etmoqda.

5-sentabr kuni, musobaqaning to‘rtinchi kunida, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Kurbanov Matts V.G. laqabli oti bilan to‘siqlar balandligi 145 sm bo‘lgan yo‘nalishda muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Ushbu natija xalqaro maydondagi kuchli raqobat sharoitida O‘zbekiston vakilining yuqori sport mahoratini yana bir bor namoyon etdi.

Bekzod Kurbanov va Matts V.G. ga musobaqaning keyingi startlarida ham omad, ishonchli chiqishlar va yuqori natijalar tilaymiz! 🇺🇿🐎
__

Бекзод Курбанов — второй на турнире в Ising am Chiemsee!

В немецком городе Ising am Chiemsee продолжаются международные соревнования по конкуру категории CSI2*.

5 сентября, в четвертый соревновательный день турнира, представитель сборной Узбекистана Бекзод Курбанов на лошади по кличке Matts V.G. занял почётное 2-е место на маршруте с высотой препятствий 145 см.

Уверенное выступление узбекского всадника стало достойным результатом в борьбе с сильными участниками международного турнира.

Желаем Бекзоду Курбанову и Matts V.G. успешных выступлений, чистых маршрутов и новых высоких результатов в следующих стартах! 🇺🇿🐎