Bekzod Kurbanov «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni

Bekzod Kurbanov «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ot sporti bo‘yicha sportchi Bekzod Kurbanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’sis etilgan «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur esdalik nishoni mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning salohiyati va xalqaro nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, ko‘p yillik fidokorona mehnati, yuksak kasbiy mahorati va faoliyati bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan vatandoshlarni munosib taqdirlash maqsadida ta’sis etilgan.

Bekzod Kurbanovning ushbu nishon bilan taqdirlanishi — uning ko‘p yillik mehnati, sportdagi yutuqlari hamda O‘zbekiston ot sportini xalqaro maydonda munosib namoyish etishga qo‘shayotgan hissasining yuksak e’tirofidir.

Bekzod Kurbanovni ushbu munosib mukofot bilan samimiy tabriklaymiz! Unga kelgusidagi musobaqalarda ulkan zafarlar, yuqori sport natijalari va O‘zbekiston sharafini xalqaro maydonda yanada munosib himoya qilish yo‘lida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇺🇿🏆🐎
___

Спортсмен по конному спорту Бекзод Курбанов награждён памятным знаком «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi»

В честь 35-летия государственной независимости Республики Узбекистан спортсмен по конному спорту Бекзод Курбанов удостоен памятного знака «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi», учреждённого Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым.

Эта награда является признанием заслуг граждан, которые своим многолетним трудом, профессиональным мастерством и значимым вкладом способствуют укреплению независимости нашей страны, повышению её авторитета на международной арене и развитию различных сфер общественной жизни.

Для Федерации конного спорта Узбекистана эта награда Бекзода Курбанова — особая гордость и высокая оценка его многолетнего труда, спортивных достижений и вклада в развитие и продвижение узбекского конного спорта на международной арене.

Поздравляем Бекзода Курбанова с заслуженной наградой! Желаем новых побед, высоких спортивных результатов и достойного представления Узбекистана на крупнейших международных соревнованиях! 🇺🇿🏆🐎