O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasida ot sporti klublari

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasida ot sporti klublari rahbarlari yordamida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

8-sentabr kuni O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasida ot sporti klublari rahbarlari ishtirokida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekistonda yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish, sohada mavjud masalalarni hal etish hamda ot sporti klublari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yilqichilikni rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, otlarning salomatligini ta’minlash va veterinariya-sanitariya talablariga rioya qilish maqsadida karantin zonalarini qurish va tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, otlarning sog‘lig‘ini muntazam nazorat qilish, kasalliklarning oldini olish va zamonaviy veterinariya tekshiruvlarini amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus laboratoriya tashkil etish va qurish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda ot sporti klublari rahbarlari o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Yilqichilik sohasida zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, veterinariya nazoratini kuchaytirish hamda otlarni saqlash va parvarish qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish kelgusidagi muhim vazifalar sifatida belgilandi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish va yilqichilik hamda ot sportini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni izchil amalga oshirishga kelishib olindi.
_

В Федерации коневодства и конного спорта Узбекистана состоялось совещание руководителей конных клубов

8 сентября в Федерации коневодства и конного спорта Узбекистана состоялось рабочее совещание с участием руководителей конных клубов.

В ходе встречи были обсуждены актуальные вопросы развития коневодства и конного спорта в Узбекистане, а также дальнейшие направления сотрудничества между спортивными организациями и конными клубами.

Особое внимание было уделено развитию необходимой инфраструктуры для содержания и подготовки лошадей. В частности, участники обсудили вопросы строительства специализированных карантинных зон, которые позволят обеспечить надлежащие ветеринарно-санитарные условия при перемещении и содержании лошадей.

Также была рассмотрена необходимость создания современной лаборатории для проведения ветеринарных исследований, что станет важным шагом для повышения уровня ветеринарного контроля, профилактики заболеваний и обеспечения здоровья лошадей.

Участники встречи обменялись мнениями и предложениями по дальнейшему развитию коневодства, совершенствованию условий содержания лошадей и созданию современной инфраструктуры, соответствующей требованиям международных стандартов.

По итогам совещания были определены основные направления дальнейшей работы и взаимодействия в целях развития коневодства и конного спорта в Узбекистане.