🔥 O‘zbekiston finalda! Bekzod Kurbanov — kuchli TOP-10 safida va medallar uchun kurashni davom ettiradi!
3-oktabr kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan XX Osiyo o‘yinlari doirasida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha individual bahslarning saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasi vakili Kurbanov Bekzod o‘zining Matts VG laqabli oti bilan balandligi 155 sm gacha bo‘lgan to‘siqlardan iborat murakkab yo’nalishni muvaffaqiyatli bosib o‘tdi.
Ushbu natija orqali Bekzod Kurbanov o‘z toifasida kuchli TOP-10 sportchilar qatoridan joy olib, final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Musobaqada jami 20 ta mamlakat vakillari ishtirok etmoqda. Endilikda Bekzod Kurbanov va Matts VG juftligi final bosqichida O‘zbekiston sharafini himoya qilib, medallar uchun kurashni davom ettiradi. 🇺🇿🏆
___
🔥 Узбекистан в финале! Бекзод Курбанов — в топ-10 и продолжает борьбу за медали!
3 октября в рамках XX Азиатских игр, проходящих в Японии, состоялся квалификационный этап индивидуальных соревнований по конкуру.
Представитель сборной Узбекистана Бекзод Курбанов на лошади Matts VG успешно преодолел сложный маршрут с высотой препятствий до 155 см.
По итогам выступления Бекзод Курбанов вошёл в топ-10 спортсменов своей категории и завоевал право выступить в финале индивидуальных соревнований.
В соревнованиях принимают участие представители 20ти стран. В финале Бекзод Курбанов и Matts VG продолжат борьбу за медали, представляя Узбекистан. 🇺🇿🏆
