🇺🇿 Xalqaro sudyalar Universal Horses Stable majmuasiga tashrif buyurishdi🐎

🇺🇿 Xalqaro sudyalar Universal Horses Stable majmuasiga tashrif buyurishdi

🐎 Toshkent shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro sudyalarni tayyorlash kursi doirasida xalqaro sudyalar Anna Lindqvist va Carsten André Sørlie Universal Horses Stable ot sporti majmuasiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar majmua faoliyati, otlarni saqlash va parvarishlash sharoitlari, shuningdek, ot sporti bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar.

🌐 Mazkur tashrif xalqaro tajriba almashish, ot sporti sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda O‘zbekistonda ot sportini yanada ommalashtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

⸻

🇺🇿 Международные судьи посетили Universal Horses Stable

🐎 В рамках международного курса по подготовке судей по конкуру, проходящего в Ташкенте, международные судьи Анна Линдквист и Карстен Андре Сёрли посетили конноспортивный комплекс Universal Horses Stable.

В ходе визита гости ознакомились с деятельностью комплекса, условиями содержания и ухода за лошадьми, а также с возможностями, созданными для развития конного спорта.

🌐 Подобные встречи способствуют обмену международным опытом, укреплению профессиональных связей и дальнейшему развитию конного спорта в Узбекистане.